Kuni kecha "Yorqinhayot" mahalla idorasida xotin-qizlarni turli tazyiq va zo'ravonliklardan himoya qilish mavzusiga bag'ishlangan davra suhbati bo'lib o'tdi.
Tadbirda tuman oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'i va tuman IIB vakillari xotin-qizlarning huquq va erkinliklari haqida so'z yuritib, ularga davlatimiz tomonidan yaratib berilayotgan sharoitlarni sanab o'tdi.
Shuningdek, xotin-qizlar oilaviy yoki boshqa zo'ravonliklarga duch kelganida birinchi galda kimga xabar berishi kerakligi va ularning huquqlarini himoya qiladigan vakolatli tashkilotlar to'g'risida ma'lumot berildi.