Kuni kecha Al-Farg'oniy mahalla idorasida xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash, ularni turli tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish maqsadida davra suhbati bo'lib o'tdi.
Tuman oila va xotin-qizlar bo'limi, tuman prokuraturasi, tuman IIB vakillari 2-sektorda yashovchi xotin-qizlarga ularning huquq va erkinliklari, turli tazyiqlarga duch kelganida qilinishi kerak bo'lgan choralar haqida so'z yuritdi.
Shuningdek, davlatimizda ayollarning ilm olishi, kasb-hunar egallashi bo'yicha yaratilgan sharoitlar to'g'risida ma'lumot berildi.