Xotin-qizlar masalalari xonadonma-xonadon o‘rganiladi
Tumanimizning oila va xotin-qizlar bo‘limi hamda barcha mahalla xotin-qizlar faollari tomonidan mahallalarda istiqomat qiluvchi xotin-qizlarni kasbga o‘qitish va bandligini ta’minlash bo‘yicha yangicha yondashuvlar tizimi yo‘lga qo‘yilmoqda.
Xususan, kuni kecha mazkur yo'nalish bo'yicha 30 nafar xotin-qizlar faollari uchun o'quv amaliy seminar o'tkazildi.
Unda hozirgi kunda ishsiz, ammo ishlash istagini bildirgan xotin-qizlarni aniqlash, ularning ehtiyoj va qiziqishlarini savolnoma asosida “xonadonbay” o‘rganish ishlari kelishib olindi. Shuningdek, tuman hokimligi yuristi tomonidan barcha faollari huquqiy tushunchalar berildi.