info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

“Xotin-qizlar faoli” lavozimiga nomzodini koʻrsatgan xotin-qizlar bilan sektorlar kesimida suhbat oʻtkazildi

timeicon 17-03-2022

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi PF-81-son Farmoni va PQ-146-son qarori ijrosini samarali tashkil etish boʻyicha tuman shtabi aʼzolari bilan birgalikda tumandagi “Xotin-qizlar faoli” lavozimiga nomzodini koʻrsatgan xotin-qizlar bilan sektorlar kesimida suhbat oʻtkazildi.

Suhbatda tumandagi 30 ta mahalla fuqarolariga “Xotin-qizlar faoli” lavozimiga tavsiya etilgan jami 128 nafar xotin-qizlarning nazariy bilim va amaliy koʻnikmalari, ish tajribalari koʻrib chiqildi hamda ijobiy tavsiflangan nomzodlar “Xotin-qizlar faoli” lavozimiga tavsiya etildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech