Xotin-qizlar bilan seminar-trening bo‘lib o‘tdi
Tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan mahallardagi xotin-qizlar muammolarini o‘rganish, moddiy-ma’naviy qo‘llab-quvvatlash va ularning bandligini ta’minlash maqsadida seminar-treninglar tashkil etilmoqda.
Shunday tadbirlardan biri, "Charog‘on" mahalla fuqarolari yig‘inida 2-sektor mahallalarida yashovchi ishsiz, ijtimoiy faol bo‘lmagan hamda turmush sharoiti og‘ir bo‘lgan fuqarolar o‘rtasida o‘tkazildi.
Seminar-treningda malakali psixologlar ruhiy holatni yaxshilash, shaxslararo munosabatlarda ijobiy hislatlarni shakllantirish, turli xil nizolarning oldini olish, o‘ziga bo‘lgan ishonch va ijtimoiy moslashuv darajasini oshirish, ne’matlarni qadriga yetish hamda munozara yuritish madaniyatini shakllantirish bo‘yicha tushunchalar berdi.
Mashg‘ulot davomida xotin-qizlarga ularni qiynayotgan ba’zi muammoli vaziyatlardan chiqish, unga yechim topish hamda oilada sog‘lom muhitni shakllantirish bo‘yicha yo‘l-yo‘riq va ko‘rsatmalar berildi.