Tumanimizdagi “Gulshanobod” MFYda “Mehnatdan kelsa boylik, turmush boʼlar chiroylik” shiori ostida “Аyollar daftari”ning 3-bosqich 2-toifasiga kiruvchi tadbirkorlik qilish istagida boʼlgan xotin-qizlar bilan davra suhbati tashkil etildi.
Unda tuman hokimi oʼrinbosari, oila va xotin-qizlar boʼlimi boshligʼi, tadbirkor ayollar va tadbirkorlik faoliyatini boshlash arafasida boʼlgan xotin-qizlar ishtirok etdilar.
Yigʼilganlar muvaffaqiyatli tadbirkorlikni yoʼlga qoʼyish va uni rivojlantirish borasida oʼzaro fikr almashishdi va oʼzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.