Kuni kecha Yangihayot tumani sogʼliqni saqlash boʼlimida 13 oktyabrь – «Xalqaro tabiiy ofatlarni kamaytirish kuni»ga bagʼishlangan tadbir tashkil etildi.
Unda tuman sogʼliqni saqlash boʼlimi fuqaro muhofazasi boshligʼi va soha xodimlari ishtirok etishdi.
Tadbirda tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish, bu paytda aholini evakuatsiya qilish va jarohatlanganlarga birinchi yordam koʼrsatish boʼyicha tushuncha berildi.