Bugun 8-umumtaʼlim maktabida Xalqaro qizlar kuniga bagʼishlangan targʼibot tadbiri tashkil etildi.
Bundan maqsad qizlarni milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz asosida kamol toptirish, zamonaviy kasb-hunarlarni egallashiga yodam berish, erta nikohning oldini olishdan iborat. Tadbirda tuman oila va xotin-qizlar boʼlimi hamda “Oqila ayollar” harakati aʼzolari tomonidan mahallalarda olib borilgan ishlarni aks ettiruvchi taqdimot namoyish etildi.
Shuningdek, tadbir davomida kiyinish va muomila madaniyati, sogʼlom turmush tarzi borasida hayotiy voqealarga asoslangan fikrlar bildirildi.