Joriy yilgi kuz-qish mavsumida anomal sovuq, qor va yomg‘irlar kommunal sohadagi bo‘shliqlarni bizga qaysidir ma’noda “taxlil” qilib berdi. Maxallalarda uy-joy infratuzilmalarining bunday ob-havoga chidamsizligi ko‘rinib qoldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 9-fevraldagi “Toshkent shahrining ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarini jadal sur’atlarda hal etish hamda aholi farovonligini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-50-son qarori o‘z vaqtida qabul qilinganligini ta’kidlashimiz kerak. Ushbu qarorda belgilangan kredit mablag‘lari hisobidan ajratilayotgan 1 milliard sum aynan havo haroratining keskin sovib ketishi davrida talofat ko‘rgan maxallalardagi ichki yo‘llar, piyodalar yo‘laklari, muxandislik kommuniksiyalari obyektlarini ta’mirlash uchun yo‘naltirilsa, 2023-2024 kuz-qish mavsumini talofatsiz o‘tkazishimiz uchun sharoit yaratiladi.
Biz Xalq deputatlari Yangihayot tuman Kengashi deputatlari bugungi sessiyamizda aynan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 9-fevraldagi PQ-50-son qarori ijrosi bo‘yicha tuman xokimining qurilish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha o‘rinbosari D.Xalisovni xisobotini muhokama qildik.
Agar barcha ishlar belgilangan muddatlarda va sifatli bajarilsa, aholimiz kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlaridan va hukumat tomonidan amalga oshiralayotgan siyosatdan rozi bo‘ladi. Bugun odamlar uyg‘onmoqda, jamiyat uyg‘onmoqda. Ma’naviy uyg‘oq jamiyat – bu, hech shubhasiz, qudratli kuchdir. Shunday ekan biz deputatlar xar doim xalq ma’nfaatlarni ximoya qilish maqsadida maxallalarga ajratilgan mablag‘larning manzilli ishlatilishi ustidan nazoratni o‘rnatamiz.
Xalq ma’nfaati xar narsadan ustundir!
Botir Rahimov Nosirovich,
Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish,
investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha komissiya raisi