info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

Xalq deputatlari Kengashining navbatdagi 35-sessiyasi boʼlib oʼtdi

timeicon 14-05-2022

Kuni kecha tuman Xalq deputatlari Kengashining navbatdagi 35-sessiyasi boʼlib oʼtdi. Sessiyada kun tartibidagi qator masalalar koʼrib chiqildi.

Sessiyada tumandagi Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti xalq qabulxonasining sektorlar va hududdagi tashkilotlar rahbarlari faoliyati, mahallalarida tadbirkorlikni rivojlantirish, hokim yordamchilari faoliyatining natijadorligi mavzulari muhokamaga qoʼyildi.

Mavzu yuzasidan Yangihayot tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri, shuningdek, fuqarolarga malakali xizmat koʼrsatish uchun yaratilgan sharoitlar yuzasidan tuman Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʼlimi rahbarining hisoboti tinglandi.

Tumanda «Temir daftar», va «Аyollar daftari» ni yuritish orqali amalga oshirilayotgan ishlar boʼyicha Yangihayot tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʼallikni qisqartirish masalalari boʼyicha birinchi oʼrinbosari va Yangihayot tumani oila va xotin-qizlar boʼlimi boshligʼi — hokim oʼrinbosarining hisoboti yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech