Kuni kecha Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining oʻttiz ikkinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi.
Unda tuman hokimi Hayot Inogamovning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022 — 2026-yillarga moʻljallangan yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi Farmonining “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturini Yangihayot tumanida ijrosini taʼminlash boʻyicha “YOʻL XARITASI”ni tasdiqlash toʻgʻrisidagi axboroti tinglani.
Shuningdek, “Xalqparvar” komissiyasining tumanda amalga oshirayotgan ishlari, Tuman aholisiga tabiiy gaz yetkazib berishning bugungi holati va istiqbolli dasturlari,
Yangihayot tumanida “Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish” loyihasini amalga oshirish ishlari, Yangihayot tumanida gender tenglikni taʼminlash, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash hamda tazyiq va zoʻravonliklardan himoya qilishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlar borasida amalga oshirilayotgan ishlar, tumanda “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” asosida amalga oshirilayotgan ishlar, Yangihayot tuman mahalliy byudjetining qoʻshimcha daromadlarini xarajatlarga yoʻnaltirish va boshqa masalalar masalalar koʻrib chiqildi.