Dastlab, sessiyada Yangihayot tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan amalga oshirilgan ishlar haqida hisobot tinglandi.
Sessiya davomida Yangihayot tumanida sog‘liqni saqlash, issiqlik taʼminoti tizimida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish, gender tenglikni ta’minlash, xotin-qizlarning ijtimoiy siyosiy faolligini oshirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda tazyiq va zo‘ravonliklardan himoya qilish borasida amalga oshirayotgan ishlar to‘g‘risidagi mas’ul rahbarlarning hisobotlari tinglandi.
Shuningdek, sessiya kun tartibida Yangihayot tumani mahalliy budjetining 2025-yil qo‘shimcha manbalari mablag‘larini xarajatlarga yo‘naltirish masalasi ham ko‘rib chiqildi.