info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining Ikkinchi chaqiriq o‘n oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

timeicon 30-07-2025

Sessiyada mas’ul rahbarlar Yangihayot tumanining 2025-yilda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining ikkinchi chorakdagi ijrosi, sog‘liqni saqlash sohasida va tumanda “Ayollar daftari” tizimining 6-bosqichi doirasida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha deputatlarga hisobot berdi.

 Sessiya davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish va behuda sarflanishining oldini olish hamda energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni takomillashtirish to‘g‘risida” 2025-yil 1-apreldagi PQ-133-son qarori ijrosi o‘rganildi.

 Bundan tashqari, Yangihayot tumani mahalliy byudjetining 2025-yil ikkinchi chorak davomida byudjet daromadlari bazasini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar natijalari muhokama qilindi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech