Dastlab, sessiyada 2025-yil birinchi chorak davomida mahalliy budjet daromadlarining bajarilishi holati, shuningdek, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar kesimida budjetga hisoblangan, amalda to‘langanligi hamda soliq qarzdorligi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.
Sessiya davomida mas’ul rahbarlar tumanda kommunal xizmat ko‘rsatish korxonalarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish ishlari, tuman hududida maishiy chiqindilarni toʻplash va olib ketish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha hisobot berdi.
Bundan tashqari, mahalliy budjetning 2025-yil birinchi chorakda budjet daromadlari bazasini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar natijalari, mahalliy budjetining 2025-yil birinchi chorak davomidagi daromadlar va xarajatlar ijrosi to‘g‘risidagi tegishli rahbarlarning hisobotlari tinglandi.
Shuningdek, mahalliy budjetning 2025-yil qo‘shimcha manbalari mablag‘larini xarajatlarga yo‘naltirish masalalari ham sessiya kun tartibidan o'rin oldi.