info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining Ikkinchi chaqiriq o‘n birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

timeicon 18-04-2025

Dastlab, sessiyada Yangihayot tumanining 2025-yilda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi ijrosini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Sessiya davomida mas’ul rahbarlar tumanda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar hamda tuman IIO FMB tomonidan jinoyatchilikning barvaqt oldini olish va huquqbuzarlikka qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobot berdi.

Bundan tashqari, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limining faoliyati va tumanda yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi tegishli rahbarlarning hisobotlari tinglandi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonuni va sohaga oid boshqa qonun hujjatlari ijrosi hamda Yangihayot tumani mahalliy budjetining 2025-yil qo‘shimcha manbalari mablag‘larini xarajatlarga yo‘naltirish masalalari ham sessiya kun tartibidan o'rin oldi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech