info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining Ikkinchi chaqiriq o‘n beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

timeicon 10-07-2025

Dastlab, sessiyada Yangihayot tumani adliya bo‘limi rahbari joriy yilning birinchi yarim yilligida davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati to‘g‘risida axborot berdi.

 Sessiya davomida tuman Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining tuman bo‘limi, tuman soliq inspeksiya hamda tuman elektr tarmoqlari korxonasining 2025-yil ikkinchi choragidagi faoliyati haqida hisobotlar tinglandi.

 Bundan tashqari, mas’ul rahbarlar tumanda yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi bandligini ta’minlash, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, biznes tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va boshqa yo‘nalishlarda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida deputatlarga hisobot berdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech