info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining Ikkinchi chaqiriq oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining Ikkinchi chaqiriq oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
timeicon 22-01-2025

Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining Ikkinchi chaqiriq oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Dastlab, tuman hokimi 2025-yilda Yangihayot tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi hamda 2024-yilda tashabbusli budjet jarayonining g‘olib bo‘lgan loyihalari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida sessiya ishtirokchilariga ma’lumot berdi. Shundan so‘ng, 2024-yil davomida sektor rahbarlari tomonidan amalga oshirgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotlar tinglandi.

Sessiya davomida fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha tuman hududida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida hisobot ham tinglandi. Bundan tashqari, mas’ul rahbarlar 2024-yilning to‘rtinchi choragida tuman soliq inspeksiyasi tomonidan bajarilgan ishlar va majburiy ijro byurosi tuman bo‘limining 2024-yil davomidagi faoliyati yuzasidan hisobotlar taqdim etdi.

Shuningdek, sessiya kun tartibida Yangihayot tumanida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ham muhokama qilindi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech