Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining 82-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Dastlab tuman hokimi 2024-yilda "Tashabbusli budjet" jarayonida g‘olib bo‘lgan loyihalar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berdi.
Shundan so‘ng, tuman IIO FMB hamda tuman soliq inspeksiyasining joriy yilning uchinchi chorak davomidagi faoliyati yuzasidan hisobotlar tinglandi.
Bundan tashqari, sessiya kun tartibida tuman mahalliy budjetining daromadlar bazasini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar natijalari, daromadlar va xarajatlar ijrosi to‘g‘risidagi masalalar muhokama qilindi.
Sessiya yakunida yuqoridagi masalalar yuzasidan tegishli idora vakillariga zarur taklif va topshiriqlar berildi.