Sessiyada Pensiya jamgʻarmasi boʻlimining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunining ijrosi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-apreldagi “Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4270-sonli qarorining tumandagi ijrosi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-yanvardagi “Toshkent shahrining uy-joy kommunal infratuzilmasini boshqarishni takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorning ijrosi boʻyicha hisobotlar tinglandi.
Shuningdek, “Temir daftar” asosida amalga oshirilayotgan ishlar, “Mehribonlik” uylarida tarbiyalangan yoshlar bandligini taʼminlash, kasbga oʻrgatish yuzasidan olib borilayotgan ishlar, tuman mahalliy byudjetining qoʻshimcha daromadlarini xarajatlarga yoʻnaltirish va shu kabi masalalar ham kun tartibidan oʻrin oldi.