Sessiyada tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʼallikni qisqartirish masalalari boʼyicha birinchi oʼrinbosarining tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining yarim yillik asosiy koʼrsatkichlari hamda “Temir daftar”ni yuritish orqali amalga oshirilayotgan ishlar toʼgʼrisida, oila va xotin-qizlar boʼlimi boshligʼining “Аyollar daftari”ni yuritish orqali amalga oshirilayotgan ishlar, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, voyaga yetmagan oʼsmir qizlar oʼrtasida erta tugʼruq holatlarini oldini olish va bu bilan bogʼliq muammolarni bartaraf etishga moʼljallangan “Yoʼl xaritasi”ning ijrosi boʼyicha, yoshlar ishlari agentligi boʼlim boshligʼining “Yoshlar daftari”ni yuritish orqali amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobotlari tinglandi hamda tegishlicha qarorlar qabul qilindi.
Shuningdek, tumanda Qonunlar, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlarining amalga oshirilishi boʼyicha nazorat va hisobdorlikni tashkil etish hamda tuman hokimligining 2022 yil ikkinchi choragida ijro intizomini mustahkamlash, “Mehribonlik” uylarida tarbiyalanayotgan yoshlar hamda yetim bolalar va ota-onasining qaramogʼidan mahrum boʼlgan bolalarni qoʼllab-quvvatlashga doir qonun hujjatlarining tumandagi ijrosi, tuman kommunal xizmat koʼrsatish korxonalarining 2022-2023-yillardagi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari, mahalliy byudjetning 2022 yil qoʼshimcha manbalari mablagʼlarini xarajatlarga yoʼnaltirish, Toshkent tumanlararo maʼmuriy sudining 2022 yil ikkinchi chorakdagi faoliyati toʼgʼrisida soʼz yuritilib, amalga oshirilayotgan ishlar tinglandi.