Xalq deputatlari Yangihayot tuman Kengashining navbatdagi qirq uchinchi sessiyasi boʼlib oʼtdi.
Unda kun tartibidagi birinchi masala sifatida tumanda 11 noyabr kunini «Yangihayot tumani tashkil etilgan kun» sifatida nishonlash masalasi koʼrib chiqildi va shu boʼyicha takliflar bildirildi.
Shuningdek, Yangihayot tumanida «Temir daftar», «Аyollar daftari» va «Yoshlar daftari» jamgʼarmalari mablagʼlarining shakllanishi va ishlatilishi hamda tumanda «Mahallalar qiyofasini yaxshilash» jamgʼarmasi mablagʼlaridan foydalanish va bajarilgan ishlar toʼgʼrisida tuman hokimining hisoboti tinglandi.
Shu bilan birga, sogʼliqni saqlash sohasida tumanda olib borilayotgan ishlar toʼgʼrisida 9 oy yakunlari, yangi ish oʼrinlarini yaratish va aholi bandligini taʼminlash borasida qilinayotgan ishlar, «Аyollar daftari» va «Temir daftar»ni yuritish orqali tumandagi moddiy yordam va koʼmakka muhtoj oilalarni ijtimoiy qoʼllab-quvvatlash boʼyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʼgʼrisida masʼullar hisobot berishdi.
Maktabgacha taʼlim boʼlimi tasarrufidagi tashkilotlarda amalga oshirilayotgan ishlar, tuman obodonlashtirish boshqarmasining faoliyati toʼgʼrisida ham maʼlumot berildi.