Xalq deputatlari Yangihayot tuman Kengashining navbatdagi qirq toʼrtinchi sessiyasi boʼlib oʼtdi.
Unda tumanda norma ijodkorligi hamda huquqni qoʼllash amaliyoti holati yuzasidan tuman Аdliya boʼlimining axboroti, “Temir daftar”, “Аyollar daftari” va “Yoshlar daftari”ni yuritish orqali amalga oshirilayotgan ishlar, mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazining 2022 yil uchinchi chorak davomida amalga oshirgan ishlari, Yangihayot tumani ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish inspektsiyasining faoliyati hamda “Yangihayot faxri” esdalik nishonini taʼsis etish toʼgʼrisida masʼullarning hisoboti tinglandi.
Shuningdek, Yangihayot tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda kambagʼallikni qisqartirish va aholi bandligini taʼminlash yuzasidan qilinayotgan chora-tadbirlar toʼgʼrisida taqdimot qilindi.