Xalq deputatlari Yangihayot tuman Kengashining navbatdagi qirq sakkizinchi sessiyasi boʼlib oʼtdi.
Unda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning asosiy koʼrsatkichlari boʼyicha 2022 yilda erishilgan natijalar hamda Yangihayot tumanini 2023 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʼyicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar va tumanda “Temir daftar”ni yuritish orqali amalga oshirilayotgan ishlar toʼgʼrisida tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʼallikni qisqartirish masalalari boʼyicha hisobot tinglandi.
Shuningdek, tumanda “Аyollar daftari”ni yuritish orqali yil davomida amalga oshirilgan ishlar borasida oila va xotin-qizlar boʼlimi boshligʼi-tuman hokimi oʼrinbosarining, tumanning uy-joy kommunal infratuzilmasini boshqarishni takomillashtirish boʼyicha olib borilgan ishlar toʼgʼrisida tuman hokimining uy-joy, kommunal xoʼjalik va obodonlashtirish masalalari boʼyicha oʼrinbosarining, Yangihayot tuman mahalliy byudjetining qoʼshimcha daromadlarini xarajatlarga yoʼnaltirish toʼgʼrisida Yangihayot tumani moliya boʼlimi mudirining hisobot va axborotlari taqdim etildi hamda deputatlar tomonidan mazkur masalalar yuzasidan tegishlicha qarorlar qabul qilindi.