info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

Xalq deputatlari Yangihayot tuman Kengashining navbatdagi qirq beshinchi sessiyasi boʼlib oʼtdi

timeicon 28-10-2022

Xalq deputatlari Yangihayot tuman Kengashining navbatdagi qirq beshinchi sessiyasi boʼlib oʼtdi.

Sessiyada Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Yangihayot tumanidagi Xalq qabulxonasining 2022 yil uchinchi chorak davomida amalga oshirgan ishlari toʼgʼrisida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Yangihayot tumanidagi Xalq qabulxonasi mudirining, xizmatlar sohasini rivojlantirish boʼyicha Yangihayot tumanida amalga oshirilayotgan ishlar, tumanda “Temir daftar”ni yuritish orqali amalga oshirilayotgan ishlar toʼgʼrisida tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʼallikni qisqartirish masalalari boʼyicha birinchi oʼrinbosarining hisobotlari tinglandi hamda tegishlicha qarorlar qabul qilindi.

Shuningdek, Yangihayot tumanida Qonunlar, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlarining amalga oshirilishi boʼyicha nazorat va hisobdorlikni tashkil etish hamda ijro intizomini mustahkamlash, Yangihayot tumani mahalliy byudjetining 2022 yil qoʼshimcha manbalari mablagʼlarini xarajatlarga yoʼnaltirish va boshqa bir qancha masalalar toʼgʼrisida soʼz yuritilib, amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech