Xalq deputatlari Yangihayot tuman Kengashining yetmish uchinchi sessiyasi bo’lib o’tdi.
Unda Yangihayot tumani sektor rahbarlarining birinchi chorak davomida amalga oshirgan ishlari, tumanda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish va huquqbuzarlikka qarshi kurashish borasida faoliyati, mahalliy budjet daromadlarining bajarilish holati to'g'risida ma'lumot berildi.
Shuningdek, tumanda sogʻliqni saqlash sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va aholi bandligini taʻminlash, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning muammolarini bartaraf etish, mahalliy budjetining budjet daromadlari bazasini oshirish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida mas'ullarning hisoboti tinglandi.
Sessiya so'ngida mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi.