Xalq deputatlari Yangihayot tuman Kengashining yetmish oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiyada 2024-yilning 6 oyi mobaynida ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish, jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, huquqbuzarlikka qarshi kurashish hamda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlarida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida mas’ullarning hisoboti tinglandi.
Shuningdek, aholining ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi hamda tabiiy gaz yetkazib berishning bugungi kundagi holati o‘rganilib, yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash, suv resurslarini boshqarish, suv xo‘jaligi obyektlarining texnik holatini yaxshilash bo‘yicha taklif va topshiriqlar berildi.