Xalq deputatlari Yangihayot tuman Kengashining yetmish yettinchi sessiyasi bo'lib o'tdi
Sessiyada joriy yilning ikkinchi choragi davomida tuman soliq inspeksiya tomonidan amalga oshirilgan ishlar bo'yicha mas'ullarning hisobotlari tinglandi. Shuningdek, tuman soliq inspeksiyasi rahbari 2-yarim yillikda soliq organlari tomonidan bajariladigan ishlar yuzasidan tuman deputatlariga murojaat qildi.
Bundan tashqari, kun tartibida Xalq deputatlari tuman Kengashidagi deputatlik oʻrinlari sonini belgilash, kotibiyatning ichki mehnat tartib qoidalarini tasdiqlash, saylov komissiyasi tarkibi hamda "Tashabbusli byudjet" jarayonlari tartibiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish masalasi muhokama qilindi.
Sessiya davomida ishtirokchilar “O’zbekiston — 2030” strategiyasiga oid davlat dasturining ijrosini ta'minlash, “Eng yaxshi ijtimoiy tashabbus” respublika ko’rik-tanlovini tashkil etish va “Ayollar daftari”ning 5-bosqichiga kiritilgan xotin-qizlarni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash kabi masalalarni ham ko'rib chiqishdi.