Xalq deputatlari Yangihayot tuman Kengashining yetmish birinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi.
Unda Yangihayot tumanida “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining ijrosi, hamda Oʻzbekiston Respublikasi “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi Qonunining ijrosi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida ma’lumot berildi.
Shuningdek, sessiya davomida Oʻzbekiston Respublikasining Qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlarining Yangihayot tumanida amalga oshirilishi boʻyicha nazorat va hisobdorlikni tashkil etish hamda ijro intizomini mustahkamlash, tumanda yerga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlari toʻliq boʻlmagan, hujjatdagi va amaldagi maydoni bir-biridan farq qiladigan, doimiy foydalanish uchun ajratilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan foydalanish holatini oʻrganish natijalari, “Ayollar daftari”ning 5-bosqichiga kiritilgan xotin- qizlarning muammolarini bartaraf etishga qaratilgan “Yoʻl xaritasi” ijrosi yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar, bundan tashqari, tuman mahalliy budjetining 2024-yil qoʻshimcha manbalari mablagʻlarini xarajatlarga yoʻnaltirish kabi masalalarga to’xtalib o’tildi.
Sessiya so’ngida mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.