Xalq deputatlari Yangihayot tuman Kengashining ellik uchinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi.
Sessiyada kun tartibidan joy olgan:
Toshkent tumanlararo maʼmuriy sudining 2022-yil toʻrtinchi chorak davomidagi faoliyati toʻgʻrisida;
Yangihayot tumani hokimligida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish boʻyicha 2023-yilga moʻljallangan chora-tadbirlar rejasi toʻgʻrisida;
Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazining 2022-yil toʻrtinchi chorak davomida amalga oshirilgan ishlari toʻgʻrisida
Yangihayot tumani “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi daromadlari va xarajatlari ijrosi toʻgʻrisida;
Yangihayot tumanida “Temir daftar”ni yuritish orqali moddiy yordam va koʻmakka muhtoj oilalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida;
Yangihayot tumanida “Ayollar daftari” bilan ishlash tizimining 4-bosqichiga kiritiladigan xotin-qizlarning roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida;
Yangihayot tumani mahalliy budjetining 2023-yil qoʻshimcha manbalari mablagʻlarini xarajatlarga yoʻnaltirish toʻgʻrisida;
Xalq deputatlari Yangihayot tuman Kengashining 2023-yilga moʻljallangan ish rejasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi masalalar boʻyicha masʼul rahbarlarning hisobotlari tinglanib, muhokama etildi.
Shuningdek, mazkur masalalar boʻyicha tegishli vazifalar belgilanib, masʼullarga tavsiya va topshiriqlar belgilandi.