Xalq deputatlari Yangihayot tuman Kengashining ellik sakkizinchi sessiyasi bo'lib o'tdi.
Unda tumanda 2023-yilning birinchi choragi davomida sudlar tomonidan amalga oshirilgan ishlar, tumanda sog‘liqni saqlash sohasida qilinayotgan ishlar va joriy yil yakuniga qadar faoliyat rejalari, yoshlarga oid davlat siyosatining hududlarda amalga oshirilishini reyting baholash tartibi va mahalliy budjetning 2023-yil qo‘shimcha manbalari mablag‘larini xarajatlarga yo‘naltirish to'g'risida ma'lumot berildi.
Shuningdek, joylarda norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti yuzasidan Yangihayot tuman Adliya bo‘limi boshlig‘ining axboroti tinglandi. “Mehribonlik uylari"da tarbiyalanayotgan yoshlar, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlashga doir qonun hujjatlarining tumandagi ijrosi xususida hisobot berildi.