Xalq deputatlari Yangihayot tuman Kengashining ellik oltinchi sessiyasi bo'lib o'tdi.
Sessiya, asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-fevraldagi “Davlat xizmatlari koʻrsatish milliy tizimini yanada kompleks rivojlantirish choralari haqida” PQ-4193-son Qarori va Pensiya jamgʻarmasi boʻlimining “Fuqarolarning davlat pensiya taʻminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining Yangihayot tumanidagi ijrosiga bag'ishlandi.
Jumladan, ajratilgan kreditlar samaradorligini taʼminlash, tumanda yangi ish oʻrinlarini yaratish va aholi bandligini taʻminlash, tumandagi ijtimoiy muhofazaga muhtoj oilalarning xonadonlariga energiya tejovchi texnologiyalarni va kichik quvvatli quyosh panellarini oʻrnatish, “Ayollar daftari”ning 4-bosqichiga kiritilgan xotin-qizlarni moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash va tumanda obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish boʻyicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan hisobot berildi.
Shuningdek, “Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmasi” mablagʻlari hisobidan Oʻzbekiston Respublikasi “Ochiq budjet” axborot portali orqali eng koʻp ovoz toʻplagan taklif loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha manzilli roʻyxatni tasdiqlash hamda mablagʻlar yoʻnaltirish kabi masalalar kun tartibiga qo'yildi.