Xalq deputatlari Yangihayot tuman Kengashining ellik yettinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi.
Unda: Yangihayot tumanida 2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha loyihalarning ijrosi toʻgʻrisida;
Yangihayot tuman prokurorining tuman hududida qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida 2023-yil birinchi chorakdagi faoliyati toʻgʻrisidagi;
Yangihayot tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasining tumanda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish va huquqbuzarlikka qarshi kurashish borasida 2023-yil birinchi chorakdagi faoliyati toʻgʻrisidagi;
Yangihayot tumanida 2023-yil birinchi chorak davomida mahalliy budjet daromadlarining bajarilishi holati, shuningdek soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar kesimida budjetga hisoblangan, amalda toʻlanganligi hamda soliq qarzdorligi boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi;
Yangihayot tumanida “Temir daftar”ni yuritish orqali moddiy yordam va koʻmakka muhtoj oilalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida;
“Ayollar daftari”ning 4-bosqichiga kiritilgan xotin-qizlarni moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi;
Yangihayot tumanida yashovchi ijtimoiy muhofazaga muhtoj oilalarni xonadonlariga energiya tejovchi texnologiyalarni va kichik quvvatli quyosh panellarini oʻrnatish toʻgʻrisidagi;
Yangihayot tumani mahalliy budjetining 2023-yil qoʻshimcha manbalari mablagʻlarini xarajatlarga yoʻnaltirish toʻgʻrisidagi masalalar koʻrib, muhokama etildi.