Kuni kecha Xalq deputatlari Yangihayot tuman Kengashining 70-sessiyasi bo’lib o’tdi.
Unda Yangihayot tumani Majburiy ijro byurosining 2023-yilning ikkinchi yarmidagi faoliyati, Toshkent shahar Adliya boshqarmasi Yangihayot tumani adliya bo‘limi tomonidan 2023-yil to’rtinchi chorak davomida davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati yuzasidan amalga oshirilgan ishlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Yangihayot tumanidagi Xalq qabulxonasining 2023-yil to‘rtinchi chorak davomida amalga oshirgan ishlari to’g’risidagi ma’ruzalar tinglanib, muhokama qilindi.
Shuningdek, sessiyada “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning ro’yxati hamda ularning muammolarini bartaraf etishga qaratilgan “Yo’l xaritasi”ni tasdiqlash, Xalq deputatlari Yangihayot tuman Kengashi doimiy komissiyalarining 2024-yilga mo‘ljallangan ish rejalarini tasdiqlash, Yangihayot tumanida aholi muammolarini oʼrganish, ishsizlarning bandligini taʼminlash va joylarda “Mahalla yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etish boʼyicha “Аndijon tajribasi” asosida olib borilayotgan ishlar xususida ham so’z bordi.