info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

Xalq deputatlari Yangihayot tuman Kengashi 25 ta okrug bo‘yicha saylangan deputatlar ro‘yxati e’lon qilindi

timeicon 30-10-2024

27-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Xalq deputatlari Toshkent shahar va tuman kengashlariga saylovlar bo‘lib o‘tdi.

 

Milliy saylov tizimiga "E-Saylov" axborot tizimining joriy etilgani, qayd etilganidek, bu yilgi saylovdagi muhim yangilik hisoblanadi.

"E-Saylov" interaktiv portalida saylovlarning ochiqligini ta’minlash va aholini saylovga oid ma’lumotlar bilan ta’minlash bo‘yicha bir qator qulaylik yaratildi.

O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 20, 26, 92-1, 96 va 97-moddalariga muvofiq hamda xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashiga saylov o‘tkazish bo‘yicha 25 ta okrug saylov komissiyalarining saylov yakunlari va natijalari to‘g‘risidagi bayonnomalariga asosan, Yangihayottumani saylov komissiyasining qarori qabul qilindi.  Bunga ko‘ra Xalq deputatlari Yangihayot tuman Kengashi 25 ta okrug bo‘yicha saylangan deputatlar ro‘yxati e’lon qilinadi.

Xalq deputatlari Yangihayot tumani deputatlikka nomzodlarga berilgan ovozlar bo‘yicha saylangan jami 25 nafar deputatlar tarkibining partiyaviy mansubligi quyidagicha:

- Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan – 7 ta o‘rin yoki 28foiz,

- O‘zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasidan – 6 ta o‘rin yoki 24 foiz,

- O‘zbekiston Ekologik partiyasidan – 3 ta o‘rin yoki 12 foiz 

- O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan – 5 ta o‘rin yoki 20 foiz,

- O‘zbekiston "Adolat" sotsial-demokratik partiyasidan – 4 ta o‘rin yoki 16 foiz.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech