Unda tuman hokimi Xayot Inogomovning yoshlar muammolarining hal etilishiga koʻmaklashish, yosh avlodning isteʼdodi va qobiliyatlarini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilgan ishlar, yoshlar faoliyati bilan bogʻlik sohalarda uchrayotgan dolzarb muammo va kamchiliklar hamda ularning yechimi toʻgʻrisidagi hisoboti tinglandi.
Shuningdek, sessiyada kun tartibidan joy olgan Tuman hududida qonuniylik holati va jinoyatchilik holati yuzasidan tuman prokurorining 2021-yil toʻrtinchi chorak yakuni boʻyicha hisoboti tinglandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-fevraldagi “Davlat xizmatlari koʻrsatish milliy tizimini yanada kompleks rivojlantirish choralari haqida” PQ-4193-son Qarorining Yangihayot tumanida ijrosi toʻgʻrisida Yangihayot tumani Davlat xizmatlari markazi direktori X. Ogʻajonov axboroti tinglandi va kun tartibidagi boshqa masalalalar muhokama qilindi.