info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak

timeicon 04-05-2024

Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak

Tumanimizning “Olchazor” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qilayotgan fuqaro noqonuniy qurilish va xizmat ko‘rsatish obyektlarini tartibga solish hamda mahalladagi ko‘cha nomi yo‘qligi, tez tibbiy yordam va turli xizmatlardan foydalanishda qiyinchiliklarga duch kelayotgani yuzasidan murojaat yo’llagan.

Shundan so’ng, tuman hokimligi mas’ullari mahalla raisi bilan birgalikda fuqaro murojaatini joyiga chiqqan holda o‘rganib chiqdi. Aniqlangan holatlarni bartaraf etish yuzasidan mas’ul tashkilotlar hamda tadbirkorlik subyektlariga tegishli topshiriqlar berildi.
Murojaat hal etilgach, fuqaro mas’ullarga o’z minnatdorchiligini bildirib o‘tdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech