Kuni kecha "Gulshanobod" mahallasida Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi hamda mahalla faollari hamkorligida tadbir tashkil etildi.
Ushbu tadbir "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida aholi va yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida o‘tkazildi. Unda madaniyat markazi xonandalari tomonidan sho‘x kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. Bolajonlar esa qo‘shiqlarga jo‘r bo‘lib, birgalikda raqsga tushishdi.
Shuningdek, yoshlar o‘rtasida turli shartlar bo‘yicha interaktiv o‘yinlar va sport musobaqalari ham bo‘lib o‘tdi.