Tumanimizning “Gulshanobod” mahallasi fuqarolar yigʼinida chuqurlashtirilgan tibbiy koʼrik tashkil qilindi.
Tibbiy koʼrikka 66-oilaviy poliklinikada faoliyat yurituvchi malakali shifokorlar jalb etildi. Xususan terapevt, okulist, nevropatolog, kardiolog, pediatr, ginekolog kabi mutaxassislar fuqarolarni qabul qildi, EKG, UZI xonalari tashkil qilindi.
Аholiga qulaylik yaratish maqsadida tashkil qilingan tibbiy koʼrikda 100ga yaqin fuqaro oʼz sogʼligʼini nazoratdan oʼtkazdi