Kuni kecha mustaqilligimizning 31 yilligi munosabati bilan “Yangi Oʼzbekistonda el aziz, inson aziz” degan bosh gʼoya ostida Mehnat organlari xodimlari malakasini oshirish Respublika kurslarida sport musobaqalari va bayram tadbiri tashkil etildi.
Unda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimidagi tasarrufiy tashkilotlardan jami 82 nafar xodim ishtirok etdi.
Ishtirokchilar sportning voleybol, stol tennis, shaxmat-shashka, yengil atletika va futbol turlarida oʼzaro bellashdilar.
Gʼoliblikni qoʼlga kiritgan xodimlar diplom va esdalik sovgʼalari bilan taqdirlandilar.