Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman boʻlinmasi hamda Xalq taʼlimi boʻlimi hamkorligida adabiyot haftaligi doirasida tumanimizning 285-maktabda “Gʻazalxonlik kechasi” tashkil etildi.
Kechada buyuk maʼrifatparvar, davlat va jamoat arbobi, shoir Alisher Navoiy tavalludining 581-yilligi hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539-yilligi munosabati bilan ularning gʻazal va ruboiylari oʻquvchilar tomonidan yod olinib, ifodali oʻqildi, asarlaridan parchalar sahna koʻrinishida namoyish etildi.