Vьetnamning Xoshimin shahrida kadetlar oʼrtasida Osiyo chempionati boʼlib oʼtdi. Unda tumanimizning uch nafar sportchisi ishtirok etib, yurtimiz shaʼnini munosib himoya qildi.
45 kg vazn toifasida Behruz Salimov va 65 kg vaznda Javohir Xidoyatov barcha raqiblarini magʼlub etib, oltin medalni qoʼlga kiritdi. Shuningdek, qizlar oʼrtasida 55 kg vazn toifasida Аminaxon Kamalova bronza medali sohibasi boʼldi.
Sportchilarimizni va ularning ota-onasini chempionlik bilan muborakbod etamiz!