FVV akademiyasi kursantlari "Vatanga qasamyod" qilishdi
Yangihayot tumanida joylashgan Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi birinchi bosqich kursantlarining "Vatanga qasamyod" qabul qilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tantanali tadbirda tuman hokimiyati mas’ullari, keng jamoatchilik, harbiy xizmatchilar, ta’lim muassasasining professor-o‘qituvchilari, kursantlar va ularning ota-onalari ishtirok etdi.
Shuningdek, akademiyada a’lo baholarga o‘qib, o‘zining intizomi, xulqi va odobi bilan o‘rnak bo‘lib kelgan hamda fan olimpiadalari, sport musobaqalarida faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan bir guruh kursantlar "Amir Temur" nomidagi stipendiya sohibi bo‘lishdi.