Bugun Yangihayot tumanida joylashgan Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasida bitiruvchi kursantlarga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tantanali tadbirda Favqulodda vaziyatlar vaziri, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi, Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz raisi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori o‘rinbosari, mas’ul tashkilotlar vakillari, faxriylar, ota-onalar hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.
Marosim davomida bitiruvchilarga diplomlar va “leytenant” harbiy unvonlari tantanali tarzda topshirildi.
Shuningdek, tadbir yakunida harbiy-jangovar chiqishlar, ma’naviy-ma’rifiy sahna ko‘rinishlari hamda raqslar namoyish etildi.