Kuni kecha tuman hokimligi binosida ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tab bo‘lgan fuqarolarga "Dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi"ni berish masalasini ko‘rib chiquvchi idoralararo doimiy komissiya a’zolari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tab bo‘lgan fuqarolarning ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashish maqsadida ularning tadbirkorlik, hunarmandchilik va boshqa yo‘nalishlarda biznes loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Yig‘ilish yakunida tuman idoralararo komissiyasi xulosasi bilan bir nafar fuqaroning novvoyxona faoliyatini yo‘lga qo‘yish yo‘nalishidagi biznes loyihasi ma’qullanib, unga "Dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi" ajratiladigan bo‘ldi.