92 yoshni qarshi olgan Tanzilla Sadikova uzoq yillar oʻquvchilarga kimyo hamda biologiya fanidan dars bergan. Biroq qancha urunishlarga qaramay shu vaqtga qadar uning fuqaroligi bo'lmagan. Prezidentimiz tomonidan olib borayotgan islohotlar natijasida endi muallima rasman Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻldi.
Gap shundaki, bugun tuman hokimligida Bosh qomusimiz qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan fuqarolarga identifikatsiya kartalarini topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.
Tadbirda tuman hokimi va sektor rahbarlari ishtirok etishdi. Marosim davomida pasport olish yoshiga yetib, birinchi marta fuqarolik pasporti olayotgan 8 nafar yoshlarga, shuningdek, tuman hududida doimiy roʻyxatdan oʻtib yashab kelayotgan, fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning 2 nafariga Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga tan olinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiya ID-kartalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kitobi topshirildi.