info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

Fuqarolardan hayvonlarga ozor bermaslik va bunday holatlarga loqayd boʼlmasliklarini soʼraymiz

Fuqarolardan hayvonlarga ozor bermaslik va bunday holatlarga loqayd boʼlmasliklarini soʼraymiz
timeicon 27-10-2022

Soʼnggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda jonivorlarga nisbatan vahshiyona munosabatda boʼlayotgan shaxslarning videolari koʼp tarqalyapti.

Mazkur holat jamoatchilik tomonidan jiddiy eʼtirozlarga sabab boʼlmoqda.

Darhaqiqat, hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʼlish, gʼarazli niyatlarda qiynoqqa solish yoki azob berish, ularning oʼlimiga yoxud mayib boʼlishiga sababchi boʼlish, avvalo, insoniylik fazilatlariga zid hisoblanadi.

Bu borada Oʼzbekiston qonunchiligida, xususan, Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeksning 111-moddasida ham maʼmuriy javobgarlik belgilangan.

Bundan tashqari, jinoyat kodeksining 202(1) moddasida hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʼlganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.

Fursatdan foydalanib, fuqarolardan hayvonlarga ozor bermaslik va bunday holatlarga loqayd boʼlmasliklarini soʼraymiz.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech