Kuni kecha Bojxona qo’mitasining Milliy kinologiya markazida tuman favqulodda vaziyatlar bo'limi tomonidan “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi” doirasida tadbir o’tkazildi.
Uchrashuvda ishtirokchilarga aholi muhofazasini ta'minlash maqsadida zilzila sodir bo'lganda turar-joy inshootlari va boshqa tashkilotlarda qilinishi kerak bo'lgan tezkor chora-tadbirlar haqida ma'lumot berildi.