Yangihayot tumani favqulotda vaziyatlar boʻlimi tomonidan “Yangi choshtepa” mahallasidagi 65-sonli oilaviy poliklinikada soha xodimlari uchun tabiiy hamda texnogen xususiyatli (zilzila sodir boʻlganda) favqulodda vaziyatlarda fuqaro muhofazasi boʻyicha maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi.
Tadbirda qutqaruv ishlarida bevosita ishtirok etuvchi fuqaro muhofazasi tuzilmalari, ixtisoslashgan shoshilinch va tez tibbiy yordam brigadalari hamda tuman favqulotda vaziyatlar davlat quyi tizimi xodimlari ishtirok etdi.
Shuningdek, oʻquv mashqi davomida ularga kutilmagan vaziyatlarda oʻzaro samarali hamkorlikda harakat qilishlari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.