Kuni kecha Favqulodda Vaziyatlar Vazirligi va "Imzo" korxonasida ma'naviyat festivali bo'lib o'tdi.
Unda favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari, korxona rahbarlari va ishchi-xodimlar hamda san'atkorlar ishtirok etdilar. Tadbir davomida xalqimizning milliy ta’lim-tarbiya uslublari, o‘zbekona oila modeliga asoslanib bolalarning ma’naviy dunyosini boyitish, odob-axloq qoidalariga amal qilish kabi masalalar haqida so'z yuritildi.
Shuningdek, farzandlarimizning rivojlanishida shart-sharoitlar yaratish, ularning qobiliyatlarini qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish kerakligi ta'kidlandi.