Xalilov Fayzulloh hozirda 14 yoshda. Tumanimizdagi 8-umumtaʼlim maktabida tahsil oladi. 4 yildan beri sportning futbol turi bilan muntazam ravishda shugʻullanib keladi.
“2-BOʻSMda Husniddin Saydullayev murabbiyligi ostida oʻquv-mashgʻulotlarini olib boraman. 4 yil mobaynida 3 karra Oʻzbekiston chempionatida ishtirok etdik. Futbolchidan kuchli jismoniy holat bilan birga ruhiy tayyorgarlik, iroda talab qilinadi, mashgʻulotlarda qanchalik qiyin boʻlsa, yashil maydonda qiyinchilikni sezmaysiz”- deydi qahramonimiz.
Fayzullohning eng katta maqsadi oʻzbek futbolini yangi bosqichga olib chiqish. Futbolni haqiqatda millionlar oʻyiniga aylantirish.